O‘zbekiston | 15:20 / 27.10.2022
7361
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdan Dubayga uchgan samolyot Eronda favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Foto: Uzbekistan Airports

Fly Dubai aviakompaniyasining Toshkent-Dubay yo‘nalishi bo‘yicha FZ-1942 reysini amalga oshirayotgan samolyoti Toshkent vaqti bilan soat 07:37 da Eronning Sheroz shahri aeroportiga favqulodda qo‘ndi.

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, favqulodda qo‘nishga samolyot ekipaj a’zolaridan birining ahvoli yomonlashgani sabab bo‘lgan. Oqibatda, eng yaqin aeroportga qo‘nishga qaror qilindi.

Bortida 172 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkentdan soat 04:37 da havoga ko‘tarilgan va Toshkent vaqti bilan 07:50 da Dubay aeroportiga qo‘nishi kerak bo‘lgan. 

Biroq majburiy qo‘nish tufayli parvoz kechiktirildi. Fly Dubai barcha yo‘lovchilarni ovqat bilan ta’minladi. Hozirda samolyot Dubayga uchishga hozirlik ko‘rmoqda.

Mavzuga oid