O‘zbekiston | 15:54 / 28.10.2022
6108
2 daqiqa o‘qiladi

Elektrning asosiy qismi IESlarda ishlab chiqarilmoqda 

2022 yilning 9 oyida 41 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu rejadagidan 3,1 foiz ko‘proq. Issiqlik elektr stansiyalari 80 foiz elektrni ishlab chiqarmoqda.

Foto: KUN.UZ

Issiqlik elektr stansiyalari AJ 9 oyda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi, investitsiya dasturlarining bajarilishi va mahsulit tannarxiga oid statistikani e’lon qildi.

Kompaniya matbuot xizmati rahbari Muhammadjon Bekmuhammedovga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 80 foizi issiqlik elektr stansiyalariga to‘g‘ri kelmoqda.

2022 yilning 9 oyi davomida IESlar tomonidan jami 39,9 mlrd kVt soat elektr energiyasi o‘rniga 41 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, reja ko‘rsatkichi 3,1 foizga bajarilgan. 

Shuningdek, issiqlik energiyasi ishlab chiqarilishi  3,5 mln gigakoloriya o‘rniga 3,7 mln gigakoloriyani tashkil etib, reja ko‘rsatkichi 4,3 foizga bajarildi. O‘tgan davr mobaynida jami mahsulot ishlab chiqarish hajmi 13,2 trln so‘mni tashkil etib reja ko‘rsatkichi 4,8 foizni tashkil qildi.

Investitsiya dasturiga asosan 5ta yirik loyihalar doirasida 57,9 mln AQSh dollari o‘zlashtirilib, reja 12,6 foizni tashkil qildi.

Mahalliylashtirish loyihalari doirasida 23,8 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi – reja 28,6 foizga bajarildi.

Import hajmi o‘tgan davrda 13,3 mln AQSh dollariga qisqartirilib, rejani bajarish ko‘rsatkichi 9,8 foizni tashkil etdi.

Mahsulot tannarxi 796,4 mlrd so‘mga pasaytirildi.

“Jamiyat korxonalari tomonidan mavsum davomida 31,7 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan”, – dedi Muhammadjon Bekmuhammedov

Avvalroq, Sirdaryo IESda quyosh fotoelektr stansiyasini qurish boshlangani ma’lum qilingandi. Mazkur stansiya ishga tushirilgach, yiliga 3 million kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi hamda 900 ming kubometr tabiiy gaz tejalishi aytilmoqda.

Mavzuga oid