Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farmatsevtika mahsuloti hisobi va nazorati axborot tizimi joriy etiladi
“Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2023 yil 1 yanvardan tegishli ro‘yxatda belgilangan dorilardan tashqari barcha yangi dori vositalari klinik tadqiqotlar ijobiy natijasi asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Quyidagilar bekor qilinadi: retsepsiz beriladigan dorilar ro‘yxatini Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlash; dori moddalarini (substansiyalarni) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; O‘zbekistondan tashqarida amalga oshirilgan dori vositalari ro‘yxatdan o‘tkazish natijalarini tan olishda standart namunalarini talab etish.
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali moliyalashtiriladigan respublika darajasidagi davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bemorlar dori va tibbiy buyumlar bilan shifoxona orqali ta’minlanadi.
Mazkur jarayon dastlab respublika darajasidagi shifoxonalarda 2023 yil davomida tajriba-sinov tariqasida amalga oshiriladi. 2022 yil yakunigacha shifoxonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlar xaridi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
2023 yil 1 iyuldan referent narxlari qayd etilmagan yoki qayd etilgan narxdan yuqori bo‘lgan dori vositalarini sertifikatlashtirish taqiqlanadi.
2023 yil 1 maydan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan dorilar uchun dorixonalar tomonidan beriladigan xarid cheki fiskal belgisi soliq organlari maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganda dorilar narxlari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot tizimidagi dori vositalari chakana referent narxlari bilan avtomatik tarzda solishtiriladi.
Dorilar chakana narxlariga belgilangan ustamalar oshirib qo‘llanilgani aniqlangan taqdirda, bu haqida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organiga avtomatik ravishda xabar yuboriladi. Xarid cheki bo‘yicha narx dorining chakana referent narxidan ortiq deb topilganda, huquqbuzardan jarima undiriladi.
2023 yil 1 martgacha dori vositalari ishlab chiqarilishidan boshlab ular iste’moli natijasigacha bo‘lgan jarayonlarni nazarda tutuvchi Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati axborot tizimi joriy etiladi.
Mavzuga oid
15:12 / 15.05.2025
Yevrokomissiya Pfizer bilan vaksinalar bo‘yicha yozishmalar ishida yutqazdi
16:46 / 02.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston Xitoyga dori-darmon xomashyosi eksporti bo‘yicha yetakchilar qatoriga kirdi
21:39 / 22.04.2025
Dori vositalarining ruxsat etilgan maksimal narxlari qayta ko‘rib chiqiladi
14:08 / 10.04.2025