Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask Twitter egasiga aylandi va darhol ijtimoiy tarmoq bosh direktorlari va top menejyerlarini haydadi
Space X kompaniyasiga egalik qiluvchi, jahonning eng badavlat kishilaridan biri Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘ini sotib olgach, bosh direktor hamda bir nechta top menejyerlarni ishdan bo‘shatgan.
Aytilishicha, Mask Twitter’ni 44 mlrd AQSh dollariga xarid qilgan. U ishdan bo‘shatgan top-menejyerlar quyidagilar:
- Bosh direktor Parag Agraval;
- Yuridik, huquqiy siyosat, ishonch va xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Vidjay Gadde;
- Moliyaviy direktor Ned Sigal;
- Bosh yuriskonsult Shon Ejyett.
Ishdan bo‘shatishlar u qadar silliq o‘tmagan. Bloomberg manbalari yuriskonsult Shon Ejyettni qo‘ltig‘idan ko‘tarib, «Twitter ofisidan chiqarib qo‘yishgan»i haqida yozgan.
Mask Twitter’ning vaqtinchalik bosh direktori bo‘lishni rejalashtirmoqda. Kelgusida u bu lavozimni boshqa insonga topshirishi mumkin.
Bundan tashqari, Mask umrbod blokirovkani bekor qilishi mumkin. Chunki bu jazo samarasiz deb hisoblaydi. Agar taqiq olib tashlanadigan bo‘lsa, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi akkauntini tiklashi mumkin.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani sababi ma’lum bo‘ldi
18:44 / 22.05.2025