O‘zbekiston | 19:56 / 31.10.2022
7886
7 daqiqa o‘qiladi

ANORBANK barcha turdagi moliyaviy va to‘lov operatsiyalaridan 24/7 formatda foydalanishni yo‘lga qo‘ydi

Foto: ANORBANK

ANORBANK O‘zbekistondagi ilk milliy raqamli bank sifatida 2 yildan oshiq vaqt mobaynida mamlakatimiz moliya bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Bank moliyaviy ko‘rsatkichlari va mijozlar sonining oshishi mahsulot va xizmatlar mijozlarga ma’qul kelayotganidan dalolat beradi.

ANORBANK raqamli bank sifatida boshqa tijorat banklari, shuningdek, IT-banklar va fintex kompaniyalar orasida birinchilardan bo‘lib bank xizmatlarini to‘liq raqamlashtirdi: hususan mijozlarni identifikatsiya qilishdan tortib, barcha bank mahsulotlarini masofadan turib olish imkoniyatini yaratdi.

Foto: ANORBANK

O‘tgan qisqa davr ichida ANORBANK:

-        xususiy banklar orasida aktivlarning o‘sish ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2- o‘rinni (178%);

-        xususiy banklar orasida muomaladagi kartalar soni bo‘yicha 3- o‘rinni;

-        bank mobil ilovasini yuklab olish bo‘yicha O‘zbekistonda eng yuqori o‘rinlardan birini (3 mln dan ortiq) egalladi.

ANORBANK mobil ilovasi Play Market ilovalar portalida 4,7 bahoga ega bo‘lib, bank mobil ilovalari ichida eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Bankning asosiy missiyasi - yashirin iqtisodiyotdagi mavjud pul aylanmasini bank sektoriga olib o‘tishdan iborat.

Anorbank o‘zining kredit mahsulotlari bilan qora norasmiy bozor (norasmiy kredit jamoalari) bilan raqobatlashishni maqsad qilgan.

Shuningdek, bank fuqarolar uchun bank xizmatlaridan kechayu kunduz erkin va oson foydalanish imkoniyatini yaratish ustida ishlamoqda. Shu jumladan, hisob raqamlari, bank kartalari va depozitlaridagi mablag‘lar hamda qarz mablag‘lardan (bular mikrokreditlar, bo‘lib to‘lash xizmatidan, overdraftlardan), shuningdek, barcha turdagi moliyaviy va to‘lov operatsiyalaridan cheklovlarsiz 24/7 formatda foydalanishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.

Foto: ANORBANK

Ta’kidlash joizki, axborot texnologiyalari soat sayin rivojlanib borayotgan, kiber hujumlar, internet orqali firibgarlik qilish holatlari avj olayotgan bugungi kunda mijozlar va ularning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Iste’molchilar uchun raqamli xizmatlar xavfsizligi borasida ANORBANK o‘z strategiyasini ishlab chiqqan.

Bank IT tuzilmasi turli yo‘nalishlarga bo‘lingan bo‘lib, har kuni bir necha million so‘rovlarni qayta ishlaydi.

Foto: ANORBANK

ANORBANKning IT ishlab chiqarish bo‘limi foydalanuvchilarga qulay, kartadan kartaga pul o‘tkazishdan tortib, kreditlarni onlayn ajratishgacha bo‘lgan umumiy foydalanish uchun mahsulotlar, shuningdek, tashqi va ichki omillardan xavfsiz jarayonlarni yaratishga e’tibor qaratadi.

Axborot va jarayonlarni kibertahdidlardan himoya qilish maqsadida “ANORBANK” AJ infratuzilmasi xavfsizlik arxitekturasining ilg‘or jahon tajribasi asosida qurilgan. Bankning kiberxavfsizlik arxitekturasi Check Point va Fortinet yechimlariga asoslangan. Ushbu apparat-dasturiy yechimlar Bank tarmog‘ining tashqi va ichki perimetrlari bo‘yicha axborotni himoya qilishga asoslangan bo‘lib, buzg‘unchilarning turli xil hujumlaridan ikki tomonlama to‘siq yaratadi.

Foto: ANORBANK

Shu bilan birga, xalqaro to‘lov tizimlarining to‘lov kartalari ma’lumotlarini saqlash, qayta ishlash va uzatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi “ANORBANK” AJ Payment Card Industry Data Security Standard (PCI DSS)ning barcha talablariga javob beradi va buni tasdiqlovchi tegishli sertifikatga egadir. PCI DSS sertifikatini tekshirish doirasida har chorakda xatoliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun tashqi skanerlash amalga oshiriladi.

Shuningdek, bank xodimlari tomonidan “ANORBANK” AJning tasdiqlangan Axborot xavfsizligi siyosatining barcha talablariga qat’iy rioya etilishi ta’minlanmoqda.

IT tuzilmasining vazifasi mijozlarning bank xizmatlaridan foydalanishini maksimal darajada soddalashtirish va xavfsizligini ta’minlashdan iborat.

Raqamli bank faoliyatida aloqa markazining xizmati ham muhim o‘rin egallaydi. Ayni paytda “ANORBANK” Aloqa markazida 250dan ortiq xodim jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatmoqda. Bir kunda 10 000ga yaqin kiruvchi qo‘ng‘iroqlarga javob beriladi va 3000-3500ta chiquvchi qo‘ng‘iroqlar amalga oshiriladi. Aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilganda operator javobini o‘rtacha kutish vaqti 2-2:30 daqiqani tashkil qiladi, agar mijoz 3 daqiqadan ortiq kutib qolsa, qayta aloqa xizmatidan foydalanish mumkin. Operator bilan o‘rtacha suhbat davomiyligi 3:30 daqiqani tashkil etadi. Aloqa markazi xodimlari faqatgina maslahat emas, Anorbankka mijoz bo‘lish, Anorbank kartalariga buyurtma berish, muddatli to‘lov kartalarini rasmiylashtirish, kreditlar, omonatlar xaqida ma’lumotlar va boshqa mijozlarni qiziqtirgan savollarga javob berishadi. Ta’kidlash kerakki, har bir kiruvchi qo‘ng‘iroq Sifat nazorati bo‘limi tomonidan tekshiriladi. Mijozlarga kecha-yu kunduz sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida 1 smenada 120 nafar xodim faoliyat olib boradi.

Ijtimoiy tarmoqlar jadal suratda rivojlanayotgan zamonda ko‘pchilik qo‘ng‘iroq orqali gaplashishni yoqtirmaydi, shuning uchun aloqa markazida Matn xizmati va shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘limlari mavjud bo‘lib, uning xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda va boshqa platformalarda barcha turdagi murojaatlarga javob berishadi. Kuniga o‘rtacha 300-500tagacha murojaat kelib tushadi va ular ko‘rib chiqiladi.

Foto: ANORBANK

Umumiy mashaqqatli mehnat tufayli 2022 yilning 1 oktyabr holatiga aloqa markazi orqali jismoniy shaxslarning 2 301 000dan ortiq qo‘ng‘iroqlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatilgan, saytda qoldirilgan arizalar bo‘yicha 101 000dan ortiq chiquvchi qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilgan, 173 414ta TRIA kartalari, 18 650ta to‘lov kartalari va 12 708ta MASTERCARD kartalarini ochish jarayonlari yo‘lga qo‘yildi.

Yuridik shaxslar bo‘yicha 22 500ga yaqin tijorat takliflari yuborildi, 2530dan ortiq uchrashuvlar belgilandi, 500dan ortiq hisob-kitob hisobvaraqlari ochildi. Hozirda Bank aloqa markazi Shveytsariya kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan sun’iy intellektni joriy etishning ikkinchi bosqichida ekanligi ma’lum qilindi. Operatorning javobini kutmasdan, 1290 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, robotdan o‘z savolingizga javob olishingiz mumkin.

ANORBANK - mijozlarga 24/7 formatda bankka tashrif buyurmagan holda bank xizmatlarining barcha turlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

ANORBANK axborot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid