Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyadagi prezidentlik saylovlarida Lula da Silva g‘alaba qozondi
Saylov prognozlari birinchi turda Lulaning g‘alabasini bashorat qilgan edi, biroq o‘shanda u 48,5 foiz, Bolsonaru esa 43,2 foiz ovoz oldi.
30 oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida Braziliya sobiq prezidenti, so‘l qanot Ishchilar partiyasi vakili Luiz Inasiu Lula da Silva g‘alaba qozondi. U 50,87 foiz ovoz to‘pladi. Uning raqibi, amaldagi davlat rahbari, o‘ng qanot populist Jair Bolsonaru 49,13 foiz saylovchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
2 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovning birinchi bosqichida 77 yoshli Lula da Silva so‘rovlar natijasida kutilganidan kichikroq bo‘lsa-da, Jair Bolsonarudan o‘zib ketdi: so‘l nomzod uchun 48,5 foiz, amaldagi prezident uchun 43,2 foiz ovoz berildi.
Luis Inasiu Lula da Silva 2003-2010 yillarda Braziliya prezidenti bo‘lgan va juda mashhur edi. Keyinchalik u korrupsiyada ayblanib 12 yilga qamalgan, biroq Oliy sud hukmni bekor qilib, unga qayta saylanishga ruxsat berdi.
Saylovlar oldidan Bolsonaru bir necha bor saylov tizimining mustaqilligiga shubha bildirgan va saylov natijalarini tan olmasligini istisno etmagan, uning tarafdorlari esa hatto namoyishlarga chaqirishgandi.
Lotin Amerikasining eng yirik davlati Braziliyada 156 milliondan ortiq kishi ovoz berish huquqiga ega. Saylovda 118 millionga yaqin fuqaro qatnashdi.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025