Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: Turkiya «g‘alla bitimi» doirasidagi sa’y-harakatlarni davom ettiradi
Turkiya Rossiyaning kelishuvdagi ishtiroki to‘xtatilganiga qaramay, Qora dengiz g‘alla tashabbusini amalga oshirish uchun sa’y-harakatlarini davom ettiradi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.
«Agar Rossiya bir xil imtiyozlarni olmagani uchun o‘zini qat’iyatsiz tutsa ham, biz insoniyat manfaatini ko‘zlagan qat’iy sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz», — deya Erdo‘g‘anning so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi.
Turkiya prezidenti Turkiya va BMT vositachiligida erishilgan kelishuv Ukrainadan 9,3 million tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini ta’minlash orqali global oziq-ovqat inqirozini yumshatish imkonini berganini qayd etdi.
Bundan oldin Ukraina infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov mamlakat portlaridan oziq-ovqat mahsuloti solingan 12 ta kema chiqib ketgani haqida yozgandi.
BMT va Turkiya delegatsiyalari «g‘alla tashabbusi» doirasida 40 ta kemani tekshirish uchun 10 ta inspektorlar guruhini taqdim etmoqda, deb xabar berdi u.
Kubrakovning ta’kidlashicha, yuk tashuvchilarni tekshirish rejasi Ukraina tomonidan qabul qilingan va bu haqda Rossiya delegatsiyasi xabardor qilingan.
Mavzuga oid
14:55 / 27.05.2025
Paxta va g‘allachilikda yuqori ko‘rsatkichlarga ega sub’yektlar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi
20:30 / 20.03.2025
Kreml: Rossiya va AQSh 24 mart kuni g‘alla bitimini tiklash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi
18:07 / 14.02.2025
O‘zbekistonda bu yil g‘alla hosildorligi 20 sentnergacha kamayishi mumkinligi aytildi
16:22 / 13.01.2025