Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Etihad Airways aviakompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishi mumkin
O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasida Abu-Dabi amirligi madaniyat va turizm departamenti rahbari o‘rinbosari Saud Abdulaziz Al-Hosani bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Dekabr oyida yo‘lga qo‘yilayotgan Abu Dabi – Samarqand aviaqatnovida BAA OAV vakillari uchun infotur tashkil qilish va keyingi bosqichda O‘zbekiston OAV vakillarini Abu-Dabiga tanishuv safarini uyushtirishga kelishib olindi.
Saud Abdulaziz Al-Hosani, o‘z navbatida, “Etihad Airways” aviakompaniyasining O‘zbekiston bozoriga kirish imkoniyatlari o‘rganib chiqilishini bildirdi.
Suhbat chog‘ida har yili an’anaviy bo‘lib o‘tadigan Shayx Zoid festivalida o‘zbekistonlik hunarmandlar va boshqa soha vakillari muntazam ishtirok etayotgani ta’kidlanib, joriy yil 18 noyabr kuni ochilishi kutilayotgan navbatdagi anjuman doirasida qo‘shma tadbirlar tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.05.2025
O‘zbekistonda yana bir yangi aviakompaniya ish boshladi
14:46 / 19.05.2025
Aviachiptalarning sun’iy taqchilligini keltirib chiqargan aviakompaniyalar javobgarlikka tortiladi
15:52 / 14.04.2025
UzAirways yo‘lovchiga maxsus ovqat bermagani uchun javob berishiga to‘g‘ri keldi
18:07 / 17.02.2025