Jahon | 08:35 / 31.10.2022
4094
3 daqiqa o‘qiladi

Pragada o‘n minglab odamlar demokratiyani qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishga chiqdi

Praga markazida «Demokratiya uchun million lahzalar» harakati tomonidan tashkil etilgan miting bo‘lib o‘tdi. Aksiya o‘n minglab ishtirokchilarni to‘pladi. Namoyishchilar populizm kuchayishiga qarshi chiqishdi va Ukrainani qo‘llab-quvvatladilar.

Foto: Reuters

O‘n minglab chexiyaliklar Praga markazidagi Vatslav maydoniga chiqib, populizm va ekstremizmning kuchayishiga qarshi, shuningdek, Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi pozitsiyani bildirdi. 30 oktyabr, yakshanba kungi aksiya «Demokratiya uchun million lahza» jamoat harakati tomonidan tashkil etildi.

2019 yilda u, xususan, sobiq bosh vazir Andrey Babishni tanlov oldida qoldirgandi: 31 dekabrgacha iste’foga chiqish yoki biznes imperiyasi rahbariyatidan ketish.

Maydonga kelganlarning ko‘pchiligi o‘zlari bilan Chexiya, AQSh, NATO va Ukraina bayroqlarini olib kelishgan.

Aksiya 28 oktyabr kuni o‘ta o‘ng harakatlar, Chexiya va Moraviya Kommunistik partiyasi, shuningdek, bir qator marginal guruhlar vakillarini jamlagan mitingdan ikki kun o‘tib bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar Yevropa Ittifoqi va NATOning mustahkamlanishiga qarshi chiqdi, shuningdek, gaz yetkazib berish bo‘yicha Moskva bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borishga chaqirgandi.

30 oktyabrdagi miting tashkilotchilari demokratiya kelajagi xavf ostida ekanini ta’kidladilar. «Qo‘rquvingiz bilan yuzma-yuz kelishga rozi bo‘lganingiz uchun tashakkur», dedi tashkilotchilar. Tribunaga «Chexiya – qo‘rquvga qarshi» va «Biz u bilan shug‘ullanamiz» degan yozuvlar yozilgan plakatlar o‘rnatildi. Namoyishda Ukrainaning birinchi xonimi Olena Zelenskaya bilan videolavha namoyish etildi. «Rossiya bizni ham, butun dunyoni ham zulmatga tortishiga yo‘l qo‘ymaymiz», dedi u ukrain tilida.

Chexiya poytaxtida sentabr boshidan buyon norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Ulardan birinchisi - eng ko‘p - 70 mingga yaqin odamni to‘pladi. Ikkinchi marta, 28 sentabr kuni Pragadagi Vatslav maydoniga o‘n minglab odamlar keldi. Ishtirokchilarning talablari turlicha, lekin ikkalasi ham Chexiya hukumatidan norozi. Ba’zilar - mamlakatda boshlangan energetika inqirozi, boshqalari hokimiyatdan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash siyosatini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi.

25 oktyabr kuni Chexiya Yevropa Ittifoqining sayyohlik Shengen vizasiga ega Rossiya fuqarolari uchun chegaralarini yopgan oltinchi davlatga aylandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid