O‘zbekiston | 08:13 / 01.11.2022
5976
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga oyoq kiyim asosan Xitoydan olib kelinyapti

O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida 38 ta xorijiy davlatlardan qiymati 12,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,7 mln juft oyoq kiyimlarini import qilgan.

Foto: pxhere.com

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, oyoq kiyimlari importi hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 32,5 ming juftga kamaygan.

2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p oyoq kiyimlari import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 1,6 mln juft.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 877,6 ming juft hamda 35,1 ming juft oyoq kiyim olib kelingan Turkiya va Vetnam joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Rossiya – 31,9 ming juft;
  • Indoneziya – 14,6 ming juft;
  • Italiya – 10,3 ming juft;
  • Chexiya – 7,5 ming juft;
  • Hindiston – 5,4 ming juft;
  • Ispaniya – 2,7 ming juft;
  • Portugaliya – 2,7 ming juft;
  • Germaniya – 1,1 ming juft.

Mavzuga oid