Jamiyat | 12:53 / 01.11.2022
14515
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda shifokor do‘pposlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Angor tuman tibbiyot birlashmasida 3 nafar fuqaro travmatolog shifokor J.E.ni kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Tuman hokimligi axborot xizmati hodisani tasdiqladi.

Foto: Shutterstock

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 27 oktyabr kuni soat 15:20 larda Angor tumani tibbiyot birlashmasining travmatologiya bo‘limi shifokori J.E. va 3 nafar fuqaro o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

Shu yerda bo‘lgan tibbiyot xodimlari ularni ajratishgan. Respublika sud tibbiy ekspertizasining bergan xulosasiga ko‘ra, janjal paytida fuqarolar shifokor J.E.ga yengil tan jarohati yetkazgan.

Qayd etilishicha, holat bo‘yicha Angor tumani IIB tomonidan dastlabki tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Denov tumanida hamshira, 2022 yil 12 oktyabrda Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida «Tez yordam» shifokori, 16 oktyabr kuni Mirobod tumanida «Tez yordam» shifokori va haydovchisi do‘pposlangandi.

2022 yil 19 oktyabr kuni Qashqadaryo bemorning o‘g‘li shifokorni do‘pposlagan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Mavzuga oid