Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston mahsulotlarini arab davlatlariga eksport qilish imkoniyati kengaytiriladi
Jidda shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan respublika mahsulotlari eksporti hajmini oshirish maqsadida Makka shahridagi Golden Star kompaniyasi bosh direktori Abdulmu’in Zurgi bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Tadbirda O‘zbekistonning MMM Amin Bio kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan kollagen va jyelatin mahsulotlari namunalari va tegishli sertifikatlar nusxalari suhbatdoshga taqdim etildi.
Abdulmu’in Zurgi ushbu mahsulot sifatini yuqori baholagan holda, Saudiya Arabistonidagi farmatsevtika zavodlariga ularni yetkazish bo‘yicha hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi.
Uchrashuv doirasida MMM Amin Bio kompaniyasi vakillari bilan onlayn-muzokaralar o‘tkazildi. Ular natijasiga ko‘ra, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga doir qator kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid
10:53 / 21.05.2025
O‘zbekiston asalni asosan ikki davlatga eksport qilmoqda
11:57 / 19.05.2025
Rossiyadan O‘zbekistonga qoramol eksporti hajmi oshdi
12:26 / 02.05.2025
O‘zbekiston mahsulotlari eksport qilinadigan mamlakatlar soni 85 taga yetdi
10:24 / 22.04.2025