Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 11:21 / 03.11.2022
6864
1 daqiqa o‘qiladi
Endilikda ishdan bo‘shatish nafaqasi miqdori ish beruvchidagi ish stajiga bog‘liq bo‘ladi
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga ko‘ra, ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog‘liq bo‘ladi.
Foto: Kun.uz
“Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, u:
- 3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqi 50 foizidan;
- 3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqi 75 foizidan;
- 5 yildan 10 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqi 100 foizidan;
- 10 yildan 15 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqi 150 foizidan;
- 15 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqi 200 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Amaldagi Mehnat kodeksida ishdan bo‘shatish nafaqasi miqdori o‘rtacha oylik ish haqidan kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
15:32 / 30.12.2024
Eriell xodimlari 4 oydan buyon maosh olishmayotgandan norozi bo‘lib video murojaat qildi
21:19 / 29.12.2024
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish uchun yolg‘iz odamlarga ko‘mak dasturini ishga tushirdi
19:04 / 17.12.2024
Farzand tug‘ilganda otaga 5 kunlik ta’til berilishi mumkin
17:43 / 05.12.2024