Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uskunasi xaridi uchun subsidiya ajratish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik sub’yektlariga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Gidroponika – tuproqsiz sun’iy muhitda o‘simliklarni yetishtirish usuli. Nizomga muvofiq, gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish xarajati 20 foizi, uskuna qiymati 100 mln so‘mdan oshmagan qismi respublika budjetidan qoplab beriladi.
Subsidiya olish uchun my.vetgov.uz yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali hududiy “Chorvanasl” markazi tuman vakiliga murojaat qilinadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha shartnoma va hisobvaraq-faktura hujjatlari nusxasi; uskunalar import qilinganda bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi.
Vakil arizani ko‘rib chiqish uchun tuman komissiyasiga taqdim qiladi va komissiya arizani ko‘rib chiqib 5 ish kunida xulosa beradi. Xulosa my.vetgov.uz orqali “O‘zbekchorvanasl” agentligiga yuboriladi. Agentlik 1 ish kunida subsidiya berish yoki rad etish to‘g‘risida ariza beruvchini xabardor qiladi.
Agentlik yil davomida subsidiya oluvchilardan tushgan arizalarni umumlashtirib pul ajratish uchun Moliya vazirligiga buyurtma beradi. Moliya vazirligi 1 ish kunida subsidiyani ariza beruvchi hisobraqamiga o‘tkazib beradi.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
09:50 / 17.05.2025
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
11:15 / 12.05.2025