Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadan O‘zbekistonga uyushgan holda ziyoratchilar tashrifi tashkil etiladi
O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasida O‘zbekiston turizm salohiyatiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Tadbirda Turkiya Buyuk Millat majlisi deputati, “O‘zbekiston-Turkiya” do‘stlik guruhi raisi Osman Mesten, Madaniyat va turizm vazirligi hamda Din ishlari boshqarmasi mutasaddilari, Pegasus aviakompaniyasi hamda 30 dan ortiq turistik agentlik vakillari qatnashdi.
Tadbir ishtirokchilari e’tiboriga “Tabarruk ziyorat” turizmi konsepsiyasi, Bahouddin Naqshband, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy va Burhoniddin Marg‘inoniy kabi yirik ulamolar islom dunyosidagi o‘rni haqida ma’lumot havola etilib, “Yetti pir” ziyoratgohlari imkoniyatlari tanitildi.
Konferensiya yakunida mamlakatga turkiyalik sayyohlar sonini oshirish bo‘yicha muhim tavsiyalar shakllantirildi, xususiy agentliklar bilan Turkiya uzoq va yaqin hududlaridan uyushgan holda ziyoratchilar tashriflarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025