Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Kipr turizm sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Kipr Tashqi ishlar vazirligi ikki tomonlama masalalar bo‘yicha departamenti direktori Andreas Ignatiu bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
Tadbirda O‘zbekiston-Kipr aloqalari bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Mamlakatlar o‘rtasida siyosiy muloqotni faollashtirish, parlamentlar hamkorligini rivojlantirish, turli yo‘nalishlarda birgalikdagi tadbirlarni keng yo‘lga qo‘yishdan tomonlar manfaatdor ekani ma’lum qilindi.
O‘zaro munosabatlarda ustuvor yo‘nalish hisoblangan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekiston va Kipr yetakchi kompaniyalari ishtirokida turizm xizmati ko‘rsatish, farmatsevtika, energetika, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazish, qurilish va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, ko‘p tomonlama hamkorlik istiqbollari, Kipr bilan Yevropa Ittifoqi strategiyasi va dasturlari doirasida amaliy ishlarni olib borish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
17:42 / 12.05.2025