Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA Buxoro Mir Arab madrasasida arab tilini zamonaviy uslubda o‘qitishni yo‘lga qo‘yadi
1-3 noyabr kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Xalqaro ziyorat turizmi haftaligida BAA delegatsiyasi faol ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Buxoro viloyati hokimligi va yozuvchi Nosir al-Daheri o‘rtasida Imom Buxoriy hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosi haqida qadimiy shaharda o‘zbekistonlik mutaxassislar va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda serialni suratga olish ishlarini davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Loyiha koronavirus pandemiyasi sababli vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan edi.
Buxoro Mir Arab madrasasida arab tilini zamonaviy uslubda o‘qitish, Buxoro viloyat hokimligi va BAA xalqaro madaniy diplomatiya instituti kuzatuv kengashi o‘rtasida Buxoro va BAA shaharlari o‘rtasida ilmiy va madaniy sohada hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, birodarlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida anglashuv memorandumlari imzolandi.
BAAning WAM axborot agentligi muxbiri turizm haftaligi doirasidagi tadbirlar, o‘tkazilgan muzokaralar va erishilgan kelishuvlar haqida turkum materiallar tayyorlab, keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilib bordi.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025