O‘zbekiston | 11:55 / 05.11.2022
9041
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Hindiston bozoriga nodir metallar eksportini boshlashi mumkin

O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi vakillari shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan Hindiston kimyo sanoati (India Chem 2022) ko‘rgazmasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo

Forum doirasida yirik hind kompaniyalarining kimyo sanoatiga oid innovatsion mahsulotlari hamda zamonaviy asbob-uskuna va texnologiyalari bilan yaqindan tanishildi. Hindiston ishbilarmon doiralari vakillariga mamlakatda kimyo, neft-kimyo sohasini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berilib, sohadagi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish taklif qilindi.

O‘zbekistondan Hindiston bozoriga eksport qilish salohiyati yuqori bo‘lgan mineral o‘g‘itlar, rangli va nodir metallar hamda boshqa turdagi kimyoviy mahsulotlar bo‘yicha tijorat takliflari taqdim etildi.

Hind kompaniyalari mamlakat so‘nggi yillarda kimyo, neft-kimyo sohasida erishayotgan yutuqlarini baholagan holda o‘zbekistonlik hamkasblari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Mavzuga oid