AQSh kimyo zavodida kuchli portlash va yong‘in sodir bo‘ldi
Jorjiya shtatidagi kimyo zavodida qator portlashlar sodir bo‘lgan va yong‘in boshlangan.
Amerikaning Bransuik shahridagi (Glinn okrugi, Jorjiya shtati) kimyo zavodida kuchli yong‘in boshlandi. Korxonada ketma-ket portlashlar sodir bo‘lganidan so‘ng, mahalliy hokimiyat unga yaqin uylardagi aholini evakuatsiya qildi.
News4jax e’lon qilgan videolavhada zavoddan ko‘tarilayotgan tutunning katta ustunini ko‘rish mumkin. Yong‘in allaqachon lokalizatsiya qilingan, biroq qutqaruv xizmati shamol yo‘nalishi o‘zgarsa, yana yong‘in boshlanishidan xavfsiramoqda.
Hammasi bo‘lib uchta aholi punkti evakuatsiya qilingan. Portlash sabablari hozircha aniq emas.
Zavod egalarining bayonotiga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan: «Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmadi va xodimlar bilan aholi uchun hech qanday xavf yo‘q. Mahalliy o‘t o‘chirish brigadalari va politsiya voqea joyida vaziyatni to‘liq nazorat qilmoqda».
Mavzuga oid
18:12 / 24.11.2024
Filippin poytaxtida yong‘in boshlandi: mingga yaqin uy yonib ketdi
08:55 / 23.11.2024
Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024