Iqtisodiyot | 09:36 / 08.11.2022
50740
1 daqiqa o‘qiladi

Xo‘jaobodda karamning noyob navlari yetishtirilib, eksport qilinmoqda

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi «Navi gul» MChJga tegishli 100 gektar maydonda gulkaram va brokkoli karami yetishtirilib, xorijga eksport qilinmoqda.

Korxona o‘ziga ajratilgan yerdan unumli foydalanish uchun yil davomida ikki marta hosil olishni yo‘lga qo‘ygan. Dastlabki hosilda pomidor va bulg‘or qalampiri yetishtirilsa, takroriy ekin sifatida gulkaram va brokkoli karami ekilmoqda.

«Yetishtirilgan hosil buyurtmaga ko‘ra qadoqlanib yoki shundayligicha qo‘shni davlatlarga eksport qilinmoqda. Mahalliy bozorda hali bu sabzavotlarga talab u qadar yuqori emasligi uchun savdoga deyarli chiqarmayapmiz. Dalalarimizda mart-aprel oylarida ertangi pomidor va bulg‘or qalampiri yetishtirsak, takroriy ekinda karamlarni yetishtirmoqdamiz. Bu jarayonda esa 500–600 nafar mahalliy aholini mavsumiy ish bilan ta’minlaganmiz», – deydi «Navi gul» MChJ direktori o‘rinbosari Erkinjon Yoqubov.

Erkinjon Yoqubov

Bir gektar yerdan 50 tonna karam olinmoqda. Kelgusida karamlar boshqa davlatlarga ham eksport qilinishi rejalashtirilmoqda.

Abduvali Qurbonov, Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid