Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashiga oid ma’lumot maxsus portalga joylashtiriladi
Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashiga nomzodlarni shakllantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashiga nomzodlarni jalb qilish jarayonini boshqarishni ta’minlovchi cns.davaktiv.uz portali ishga tushirilgan. Kuzatuv kengashi a’zoligiga nomzodlar tarmoqqa oid bilim, boshqaruv tajribasi, moliyaviy, korporativ boshqaruv, strategik rejalashtirish hamda boshqa malakalar asosida tanlab olinadi.
Qaror bilan davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi bo‘yicha nomzodlarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizom nomzodlarga qo‘yilgan talablar, saralash bosqichlari va tartibi, komissiya vazifalari, baholash tartibini belgilaydi.
2023 yil 1 yanvardan davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan boshqaruv va nazorat organlari tarkibi, bo‘sh o‘rinlarga oid ma’lumotlar o‘zgarish bo‘lgan vaqtdan 2 ish kunida majburiy tartibda cns.davaktiv.uz maxsus portalga joylashtiriladi. Ma’lumotlarni joylashtirmagan korxona ijro etuvchi organi va kuzatuv kengashi a’zolarini rag‘batlantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mavzuga oid
11:15 / 16.03.2025
O‘zbekistonda qaysi davlatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘pligi ma’lum qilindi
14:41 / 28.02.2025
O‘zbekistonda korxonalar soni keskin kamaymoqda
09:04 / 26.02.2025
Salkam 350 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
15:38 / 13.02.2025