Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Davlat departamenti Litvaga HIMARS reaktiv tizimi sotilishini ma’qulladi
Vashington Litvaga HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlarini sotishni ma’qulladi. Bitim 495 million dollarga baholangan. Bosh pudratchi - Lockheed Martin korporatsiyasi.
AQSh Davlat departamenti Litvaga M142 HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari va tegishli uskunalarni sotishni ma’qulladi. Bu haqda 9 noyabr, chorshanba kuni Pentagonda ma’lum qilindi.
Kelishuv summasi, AQSh Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 495 million dollarga baholanmoqda. Bosh pudratchi - Lockheed Martin korporatsiyasi.
Sentabr oyi oxirida, Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligi fonida Litva 2022 yilda mudofaa budjetini taxminan 144,5 million dollarga oshirishga qaror qilgani ma’lum bo‘ldi. Jumladan, bu pulga AQShdan HIMARS tizimlarini xarid qilish rejalashtirilgan.
Iyun oyidan beri Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga HIMARS qurilmalarini yetkazib bermoqda. Qurolli kuchlar ular Ukraina harbiylariga Rossiya harbiy obektlariga, jumladan, havo hujumidan mudofaa tizimlari va o‘q-dorilar omborlariga o‘nlab zarbalar berish imkonini beruvchi qimmatli vositaga aylanganini ta’kidlamoqda. Rossiya qurolli kuchlari Ukrainadagi bir nechta HIMARS qurilmasini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi, ammo noyabr oyi boshida na Ukraina Qurolli kuchlari, na Amerika tomoni buni tasdiqlamadi.
Harbiy ekspertlarning fikricha, G‘arb tomonidan uzoq masofaga uchuvchi va yuqori aniqlikdagi raketalar yetkazib berilishi Ukrainaga Xerson viloyatida artilleriyada ustunlikka erishish imkonini berdi. 9 noyabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu «harbiy xizmatchilar hayotini va umuman, qo‘shinlar guruhining jangovar qobiliyatini saqlab qolish» zarurligini aytib, Xersondan chekinishni buyurdi.
Mavzuga oid
19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
20:14 / 18.05.2025
Patriot va HIMARS uchun raketalarni Yevropada ishlab chiqarish boshlanadi
11:42 / 07.05.2025