Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MChJ ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bekor qilinadi
Korporativ munosabatlar huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
2022 yil 1 dekabrdan tijorat tashkilotlari faoliyatida quyidagi talablar bekor qilinadi:
quyidagi tashkilotlarda ichki auditni tashkil etish: mas’uliyati cheklangan jamiyatlar; aktivlarining balans qiymati BHM 100 ming barobaridan kam, davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘p aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari; MChJning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; MChJning vakillariga umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tasdiqlash; MChJda zaxira jamg‘armasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining kamida 15 foizi etib belgilash.
2023 yil 1 martdan unitar korxona yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish to‘xtatiladi. 2023 yil 1 apreldan: MChJ ustav fondiga qo‘shiladigan, qiymati BHM 10 ming baravaridan ko‘p pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori bo‘lishi mumkin emas; yuridik shaxslar qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga o‘tgan hisoblanadi.
2023 yil 1 iyuldan xo‘jalik jamiyatining filiallari, vakolatxonalari tashkil etilganligi va uning ustav fondi shakllantirilganligi hamda to‘lovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da e’lon qilinadi.
Mavzuga oid
10:48 / 08.05.2025
Top-menejerlarga fidutsiar majburiyat yuklash: afzalliklar va risklar
12:49 / 31.03.2025
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi
09:48 / 14.03.2025
Foydali qazilmalar va mudofaa sohasida hamkorlik, axborot almashinuvini kuchaytirish – O‘zbekiston-Fransiya strategik sheriklik shartnomasida nimalar ko‘zda tutilgan?
08:57 / 28.02.2025