Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sutkasiga 6 soatdan 12 soatgacha – “metan-zapravka”larga kiritilgan cheklovlar vaqti ma’lum bo‘ldi
Havo haroratining keskin sovishi sababli O‘zbekistondagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari ishlash vaqtiga cheklovlar joriy etilmoqda. Cheklovlar vaqtlari hududlar kesimida sutkasiga 12 soatgacha bo‘ladi.
“O‘ztransgaz” AJ telagram kanalida hududlar kesimida avtomobillarga tabiiy gaz to‘ldirish shoxobchalariga kiritilgan cheklovlar vaqti e’lon qilindi. Cheklovlar asosan kechki paytga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida “metan-zapravkalar” ish vatiga kiritilgan cheklovlar:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – soat 18:00dan 6:00gacha;
- Andijon viloyati – soat 17:00dan 5:00gacha;
- Buxoro viloyati – soat 19:00dan 6:00gacha;
- Jizzax viloyati – soat 17:00dan 23:00gacha;
- Qashqadaryo viloyati – soat 21:00dan 6:00gacha;
- Navoiy viloyati – soat 19:00dan 7:00gacha;
- Namangan viloyati – soat 18:00dan 6:00gacha;
- Samarqand viloyati – soat 15:00dan 23:00gacha;
- Sirdaryo viloyati – soat 17:00dan 23:00gacha;
- Surxondaryo viloyati – soat 19:00dan 6:00gacha;
- Toshkent viloyati – soat 20:00dan 8:00gacha;
- Farg‘ona viloyati – soat 18:00dan 6:00gacha;
- Xorazm viloyati – soat 18:00dan 6:00gacha.
Oldinroq “O‘ztransgaz” AJ kunning kechki va tungi vaqtlarida O‘zbekistondagi avtomobillarga tabiiy gaz to‘ldirish shoxobchalar faoliyati cheklanishi haqida bayonot bergandi.
Mavzuga oid
20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi
15:20 / 01.05.2025
Gaz quyish shoxobchalarida metan narxi 5200 so‘mgacha qimmatlashdi
11:51 / 28.03.2025
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
20:39 / 26.03.2025