Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilhom Aliyev: “Turkiy davlatlar tashkiloti rahbarlarini Qorabog‘dagi ozod etilgan hududga taklif etaman”
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar sammitida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ham nutq so‘zladi.
“Biz kelgusi yilda Qorabog‘dagi g‘alabamizning ikki yilligini nishonlaymiz. O‘tgan davr mobaynida Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an janoblari uch marta ozod etilgan hududlarda bo‘ldi. Fursatdan foydalanib men Turkiy davlatlar tashkiloti rahbarlarini Qorabog‘dagi ozod etilgan hududga taklif etaman.
Shu bilan birga, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Fuzuliy viloyatida maktab binosi qurish tashabbusi va Qozog‘iston prezidenti janob Qosim-Jo‘mard To‘qayevga madaniyat markazi qurilishi uchun minnatdorlik bildiraman.
Xabaringiz bor, biz Armaniston tomonidan amalga oshirilgan harbiy harakatlarni bartaraf etib kelmoqdamiz. Biz xalqaro huquq normalariga muvofiq o‘z hududimizni himoya qilyapmiz. Armaniston tomoni ham xalqaro suverenitetimizni tan olishi Qorabog‘ muammosi tarixda qolganini anglatadi”, – deya Ozarboyjon prezidenti so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
21:12 / 07.05.2025
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi
13:16 / 26.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefonda suhbatlashdi
17:22 / 16.02.2025
Rossiya va Ozarboyjonning propaganda kurashi: Bu nimaga olib kelishi mumkin?
20:54 / 05.02.2025