Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kelasi hafta boshida ayrim hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda
«O‘zgidromet» shoshilinch axborot e’lon qildi – yangi hafta boshida Toshkent, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin, ayrim tumanlarda kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Ba’zi joylarda shamol 25–28 m/s.gacha kuchayishi kutilmoqda.
«O‘zgidromet» markazi 14–16 noyabr kunlari respublikaning uchta viloyatida kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilishidan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha, xususan, shimol hududida 13–15 noyabr kunlari joylarda shamol 17–22 m/s.gacha, Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25–28 m/s.gacha kuchayishi kutilmoqda.
14–16 noyabr kunlari Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi, ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatiladi.
Shu bilan birga, tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
22:27 / 22.05.2025