Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiy davlatlar tashkiloti Investitsiya jamg‘armasi ta’sis etiladi
Samarqandda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) iqtisodiyot va savdo vazirlari 11-yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
Tadbirda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev va TDT bosh kotibi Bag‘dod Amreyev qatnashdi.
“Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida Turkiy davlatlar tashkiloti Investitsiya jamg‘armasini ta’sis etish bo‘yicha bitim imzolanishini kelishib oldik. Ishonamanki, Investitsiya jamg‘armasini ta’sis etish ko‘p qirrali munosabatlarimiz rivojlanishida yangi zamin yaratadi”, dedi Jamshid Xo‘jayev.
Turkiy davlatlar tashkiloti birinchi sammiti doirasida Savdoga ko‘maklashish strategiyasi imzolanishi kutilayotgani, bu TDT mamlakatlarida savdodagi miqdoriy cheklovlar hamda notarif choralar bartaraf etilishiga ko‘maklashishi qayd etildi.
Mavzuga oid
11:33 / 19.03.2025
Germaniyada o‘zbek bolalariga tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan jamg‘arma tashkil etildi
12:21 / 18.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirish jamg‘armasining vazifalari belgilandi
15:50 / 17.03.2025
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi
15:18 / 06.03.2025