Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq havaskorlik jamoalarida xizmat qilayotgan ijodkorlarni rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yiladi
2023-2026 yillarda madaniyat markazlari faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasi e’lon qilindi.
Xalq havaskorlik jamoalarida fidokorona xizmat qilayotgan ijodkorlarni rag‘batlantirish rejalashtirilmoqda.
Bunda, faoliyati davomida samarali mehnat qilib kelayotgan fidoyi ijodkorlar ro‘yxatini shakllantirish, ijrochilar tomonidan qo‘shma qaror qabul qilish, ijodkorlarning mamlakat hududidagi sihatgoh va sanatoriylarda dam olishlarini tashkil etish mo‘ljallanyapti.
Shuningdek, madaniyat markazlarida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston boy ma’naviy va madaniy merosini saqlash bo‘yicha targ‘ibot dasturlarini amalga oshirish ko‘zda tutilyapti.
Bunda, tadbirlar dasturi va rejasi ishlab chiqiladi, tadbirlarda aholi faol ishtiroki bo‘yicha targ‘ibot materiallari (flayerlar, bukletlar va hk.) tayyorlanadi va tarqatiladi, tadbirlarga taniqli soha vakillari jalb etiladi.
Mavzuga oid
11:57 / 21.05.2025
Davlat ijrochilari ijro yig‘imi hisobidan moddiy rag‘batlantiriladi
13:08 / 27.01.2024
Tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish mexanizmlari kengaytiriladi
14:02 / 24.07.2019
Jamoat tartibini saqlashda faol qatnashgan fuqarolar rag‘batlantiriladi
21:37 / 25.07.2018