Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi saylovlar: demokratlar Nevadadagi g‘alaba tufayli Senat nazoratini qo‘lga kiritdi
Demokratik partiya Senat ustidan nazoratni saqlab qoldi: matbuot Nevadadagi oraliq saylovlarda demokrat nomzod Ketrin Kortes Masto g‘alaba qozonishi kafolatlanganini yozmoqda. Vakillar palatasi uchun esa kurash davom etmoqda, ammo AQSh prezidenti, demokratlar vakili Jo Bayden saylovlar natijalaridan qoniqish hosil qilganini aytgan.
CBS telekompaniyasi prognoziga ko‘ra, Masto Senat uchun respublikachilar nomzodi Adam Laksaltni ortda qoldiradi.
Shu tariqa, ayni vaqtda Demokratik partiya Senatda 50 o‘rinni naqd qiladi, Respublikachilarda - 49 o‘rin kafolatlangan.
Ovoz berish natijalari hamon noma’lum bo‘lib qolayotgan yagona shtat Jorjiya. U yerda 6 dekabr kuni Senat uchun saylovlarning ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi.
Ammo, Jorjiyada respublikachilar nomzodi ustun kelgan taqdirda ham - Senatda o‘rinlar natijalari teng kelgan holda AQSh vitse-prezidenti - demokrat Kamala Harrisning ovozi hal qiluvchi bo‘ladi.
Shu tariqa, sudyalar va boshqa muhim lavozimlarga tayinlashda to‘siqlar bartaraf etildi.
Mavzuga oid
09:22 / 27.03.2025
MRB direktori: «Ukraina qurolsiz bo‘lsa ham jang qiladi»
18:24 / 17.03.2025
AQSh Demokratik partiyasi reytingi yorqin lider yo‘qligi sababli eng past darajaga tushdi
01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi
13:08 / 10.02.2025