Vetnam dunyoning yetakchi turistik yo‘nalishi deb topildi
Vetnam dunyoning yetakchi turistik yo‘nalishi sifatida World Travel Awards mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Bu mamlakat sovrin uchun kurashda Armaniston, Braziliya, Misr, Gretsiya, Yaponiya va Saudiya Arabistonini ortda qoldirdi. G‘oliblar juma kuni kechqurun Ummonda bo‘lib o‘tgan Grand final gala-konsertida e’lon qilindi.
Vetnamda YuNeSKO tomonidan tan olingan 8 ta jahon merosi obekti joylashgan: Fong Nxa-Ke Bang milliy bog‘i, May Son ibodatxonasi, Xoyan qadimiy shahri va Hyuye yodgorliklari majmuasi, Halong ko‘rfazi, Trang An landshaft majmuasi, Thang Long imperator qal’asi va Xo sulolasi qal’asi.
So‘nggi yillarda ushbu obektlar nufuzli sayyohlik jurnallari tomonidan ko‘plab maqtovlarga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, Vetnam poytaxti Hanoy «dunyoning yetakchi dam olish maskani» sifatida tan olindi.
Uzunligi 150 metr va eni 12,8 metr bo‘lgan, shisha tola va to‘r simidan yasalgan ulkan qo‘llar ko‘rinishidagi Danang «Oltin ko‘prigi» dunyodagi eng mashhur turistik ko‘prik sifatida mukofotga sazovor bo‘ldi.
World Travel Awards 1993 yilda tashkil etilgan bo‘lib, sayohat va sayyohlik sanoatida erishilgan yutuqlarni taqdirlaydi. Bu sovrin «sayohat industriyasining «Oskar» mukofoti» deb ham nomlanadi.
Mavzuga oid
13:24 / 21.11.2024
COP29 ishtirokchilari iqlimga mos turizmni rivojlantirishga kelishib oldi
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024