Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX Sirdaryodagi yo‘l qurilishida 1 mlrd so‘m budjet mablag‘i o‘zlashtirilganini aniqladi
Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Xovos transport prokuraturasi hamkorligida yo‘l infratuzilmasi obektlarida qonunbuzilish holatlarini aniqlash yuzasidan tezkor tadbirlar olib borilgan.
DXX xabariga ko‘ra, «Sirdaryo yo‘llardan muntazam foydalanish» unitar korxonasi sobiq mansabdor shaxslari tomonidan 2018-2021 yillarda avtomobil yo‘llarini ta’mirlash uchun ajratilgan budjet mablag‘lari, ishchi xodimlar ish haqlari va rag‘batlantirish pullari - jami 1 mlrd 006 mln 792 ming 703 so‘m talon-toroj qilingani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksi tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan hamda unitar korxona sobiq rahbari “X.O.”, sobiq bosh hisobchisi “S.Sh.”, sobiq hisobchisi “X.S.”, sobiq bo‘lim boshlig‘i “M.Sh.” va yana 10 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, sud idoralariga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sayxunobod tuman sudi hukmiga ko‘ra, aybdorlarga ozodlikdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari hamda qonunchilikda belgilangan boshqa jazo turlari tayinlandi.
Talon-toroj qilingan 1 mlrd 006 mln 792 ming 703 so‘mdan 767 mln 753 ming 402 so‘mi sud va tergov davrida davlat foydasiga undirilgan, qolgan 239 mln 039 ming 301 so‘mi Majburiy ijro byurolariga majburiy tartibda undirish uchun yuborilgan.
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi
07:40 / 21.05.2025
DXX Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarlik harakatlarini fosh etdi
22:52 / 20.05.2025