O‘zbekiston | 10:06 / 16.11.2022
7647
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 10 oyda qariyb 1 mlrd dollarlik meva va sabzavotlarni chetga sotdi

O‘zbekiston 10 oyda qancha meva va sabzavotlar eksport qilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2022 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston qiymati 903,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,4 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 192 ming tonnaga oshgan. 

2022 yilning 10 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmida sabzavotlar yetakchilik qilyapti – 733 ming tonna.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 297 ming tonna hamda 185,4 ming tonna miqdorda eksportga chiqarilgan meva va rezavorlar va piyoz joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • uzum – 181 ming tonna; 
  • karam – 135,2 ming tonna; 
  • tarvuz-qovun – 134,3 ming tonna;
  • pomidor – 65,8 ming tonna; 
  • mayiz – 64,4 ming tonna;
  • quritilgan meva va rezavorlar – 35,7 ming tonna;
  • yeryong‘oq – 15,6 ming tonna.

Mavzuga oid