Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Standart&Poorʼs Global Ratings» xalqaro reyting agentligi «Trastbank» reytingini ilk bor «Barqaror» prognozi bilan «B+» darajasida tasdiqladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlariga muvofiq, mamlakatimizda bank tizimining xalqaro reytingini yaxshilash borasida chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, moliya-bank tizimi barqarorligi oshirilib, yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishilmoqda.
«Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki ham xalqaro reytinglardagi o‘rnini yanada yaxshilab bormoqda.
Jumladan, «Standart&Poorʼs Global Ratings» xalqaro reyting agentligi «Trastbank» XAB reytingini bank tarixida ilk bor «Barqaror» prognozi bilan «B+» darajasida tasdiqladi.
«Standart&Poorʼs Global Ratings» xalqaro reyting agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, «Trastbank» uzoq vaqt davomida bank tizimi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan kuchli moliyaviy natijalarni ko‘rsatmoqda. Bu esa uning biznesi barqarorligi va o‘sish istiqbollariga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda hamda bank reytingini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
«B+» reytingi moliya muassasasining bank xizmatlari bozorida mustahkam o‘rin egallagani, barqaror mijozlar bazasi va uning yuqori darajadagi sodiqligini aks ettiradi.
Bankda moliyalashtirilishning arzonligi, sof foiz marjasining yuqori darajadagi me’yori, raqobatdosh ustunligi ta’minlanganligi, kapitallashuvining yaxshilanganligi, qolaversa, yuqori darajadagi likvidlik ko‘rsatkichlari, ijobiy rentabellik va bankning kreditga layoqatliligi ushbu reytingni tuzishda asos qilib olingan.
«Standart&Poorʼs Global Ratings» xalqaro reyting agentligi prognozlariga ko‘ra, «Trastbank» XABning yuqori darajadagi kapitali, foyda keltiruvchi kuchli salohiyati kredit xususiyatlarini ta’minlaydi. Bu esa o‘z navbatida kuchli likvidlikka erishishga va ustunlikka ega bo‘lishga muhim ahamiyat kasb etadi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
10:00 / 31.07.2024
Trastbankdan aksiya: qancha ko‘p ish o‘rni yaratsangiz, shuncha ko‘p imtiyozga ega bo‘lasiz!
19:00 / 26.06.2024
“Trastbank”: Chevrolet Tracker avtomobili va boshqa qimmatbaho sovrinlar egalari aniqlandi!
17:07 / 02.11.2023
Chevrolet Tracker avtomobiliga ega bo‘lishni istaysizmi?
15:52 / 26.07.2023