Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston iqtisodiyotiga Amerika kapitali va texnologiyalarini jalb qilish kengaytiriladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Amerika Qo‘shma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Jonatan Devid Xennikni qabul qildi.
Uchrashuv vazirga elchi tomonidan ishonch yorliqlari nusxalarini topshirish marosimi bilan boshlandi. V.Norov elchini lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat davomida ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni, ikki tomonlama darajada va «S5+1» shaklida bo‘lajak tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.
Savdo-investitsiya aloqalarini rivojlantirish, O‘zbekiston iqtisodiyotiga Amerika kapitali va texnologiyalarini jalb qilish, to‘qimachilik, farmatsevtika, energetika, AKT jabhalarida qo‘shma korxonalar tashkil etish, moliyaviy hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi.
Tomonlar Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha ham fikr almashdilar. Ushbu mamlakatga xalqaro yordamni kengaytirish zarurligiga qayd etildi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025