O‘zbekistondagi gaz qazib olishning 5 foizdan kamrog‘i Saneg hissasiga to‘g‘ri keladi

Foto: Sanoat Energetika Guruhi
O‘zbekiston Respublikasida neft qazib olishni ko‘paytirish davlat dasturi ijrochisi bo‘lgan «Saneg» kompaniyasi mamlakatimizda gaz qazib olish bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarni to‘liq bajarmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda gaz qazib olishning 5 foizdan kamrog‘i kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. Xususiy kompaniyaning asosiy sarmoyalari neft sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 dekabrdagi 1002-sonli qaroriga muvofiq, 2030 yilga borib 378 ming tonnadan 1,6 mln tonnagacha ko‘tarilishi kerak.
Kompaniya O‘zbekiston iqtisodiyoti va aholisini neft va gazni qayta ishlash sohasidagi eng ko‘p talab qilinadigan mahsulotlar – benzin va dizel yoqilg‘isi, shuningdek, avtomobillar uchun zamonaviy moylar, aviatashish uchun kerosin va mamlakatimiz shaharlarini issiqlik bilan ta’minlash bilan bog‘liq boshqa mahsulotlar bilan ta’minlashga asosiy e’tiborni qaratadi.
Saneg korporativ kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Igor Gusenkovning qayd etishicha, “Kechagi energetika vaziri o‘rinbosarining matbuot anjumani doirasida o‘quvchilarda Saneg qandaydir tarzda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini amalga oshirishdan qochmoqda hamda neft va gaz bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmayapti, degan fikr shakllanishi mumkin. Bu haqiqatdan juda yiroq. Kompaniya O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishdan maksimal darajada manfaatdor va uni o‘z xomashyosidan yuqori sifatli tozalangan mahsulotlar bilan ta’minlashga intiladi. Kompaniyaning O‘zbekistonda gaz qazib chiqarishdagi ulushi 5 foizdan oshmaydi. O‘zbekiston Respublikasining resurs bazasini rivojlantirishga Saneg tomonidan mustaqil va tashqi investorlarni jalb etgan holda kiritilgan xususiy investitsiyalar esa 500 million dollardan oshadi. Ushbu mablag‘larni jalb qilmasdan turib, mamlakat resurs bazasining o‘sishi va aholini yoqilg‘i bilan ta’minlashning barcha ko‘rsatkichlariga erishib bo‘lmaydi.
«Sanoat Energetika Guruhi» Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid

18:23 / 16.11.2022
SANEG'ga gaz eksporti bo‘yicha yashirin imtiyoz berilganmi? Vazir o‘rinbosari izoh bera olmadi

13:46 / 13.10.2022
SEG uzoq joylardagi konlarni quyosh energiyasiga o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

17:58 / 05.10.2022
«Sanoat Energetika guruhi» «O‘zbekneftgaz» va Energetika vazirligi bilan yaqin hamkorlikda O‘zbekiston neft-gaz sohasi va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilmoqda

13:14 / 28.12.2021