JCh-2022. 8ta gol kiritilgan o‘yinda Angliya Eronni tor-mor etdi, Saka va Toremiydan dubl
JCh-2022 ikkinchi kuni doirasidagi dastlabki bahsda Angliya Eronga qarshi maydonga tushdi.

Foto: Getty Images
«Halifa» stadionidagi o‘yinda Sautgeyt shogirdlari Karlush Keyrush jamoasini ayab o‘tirmadi. Bellingem hisobni ochgan bo‘lsa, Saka dublga erishdi. Sterling va zaxiradan maydonga tushgan Reshford va Grilish esa o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi. Eronliklardan Toremiy 65 va 90+12-daqiqada gol muallifiga aylandi – 6:2.
Qayd etish joiz, to‘xtalishlar uchun 1-bo‘limga 14 daqiqa, 2-bo‘limga esa 10 daqiqa qo‘shilib, o‘yin jami 114 daqiqa davom etdi.
Shu tariqa, Angliya dastlabki o‘yindan keyin B guruhida peshqadam bo‘lib oldi. Guruhdagi ikkinchi uchrashuv bugun AQSh va Uels o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 23:59da boshlanadi.
JCh-2022. 1-tur. V guruhi.
Angliya – Eron 6:2
Gollar: 1:0 – 35 Bellingem, 2:0 – 43 Saka, 3:0 – 45 Sterling, 4:0 – 62 Saka, 4:1 – 65 Toremiy, 5:1 – 71 Reshford, 6:1 – Grilish 90, 6:2 – 90+12 Toremiy.
Angliya – Pikford, Tripper, Maguayr (Dayyer, 70), Stounz, Shou, Rays, Maunt (Foden, 71), Saka (Reshford, 71), Bellingem, Keyn (Uilson, 76), Sterling (Grilish, 71).
Eron – Beyranvand (Huseyni, 19), Muharramiy, Puraliganjiy, Chashmiy (Kananizodagon, 46), Husseyni, Muhammadiy (Turobiy, 63), Jahonbaxsh (Gulizoda, 46), Xojsafiy, Karimiy (Izzatullohiy, 46), Nurollohiy (Ozmun, 77), Toremiy.
Ogohlantirishlar: Jahonbaxsh (25), Puraliganjiy (48).
Mavzuga oid

15:16 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan

10:03 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi. Angliyada yirik g‘alaba, yangilangan Litvadan ajoyib kambek va boshqa natijalar

16:07 / 10.10.2024
Tarixni yangilash imkoniyati – Eron Toshkentda ilk bor mag‘lub etiladimi?

20:54 / 14.07.2024