Jamiyat | 18:12 / 21.11.2022
11873
1 daqiqa o‘qiladi

Luvr muzeyida O‘zbekistonga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochilish arafasida

23 noyabr kuni Parijdagi Luvr muzeyida O‘zbekiston madaniy merosining birinchi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz muxbirining Parijdan xabar berishicha, ko‘rgazma hali rasman ochilmagan bo‘lsa-da, unga qiziqish yuqori. Muzeydagi O‘zbekiston uchun ajratilgan zallar gavjum ekanidan ham buni sezish qiyin emas. Ko‘rgazma rasman O‘zbekiston Prezidenti tashrifi doirasida ochiladi.

Ta’kidlash kerakki, ko‘rgazma Buyuk Ipak yo‘li tarixi haqida hikoya qiladi va ikki ming yildan ortiq vaqtni qamrab oladi. Ko‘rgazmadan 168 ta muzey eksponati, xususan, O‘zbekistonning 13 ta muzeyidan 137 ta, shuningdek, dunyoning yetakchi muzeylaridan 31 ta eng qimmatli eksponatlar taqdim etiladi, ularning aksariyati birinchi marta namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazma kelgusi yilning 6 martiga qadar davom etadi.

Abror Zoxidov,
Parij

Mavzuga oid