Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Jiddada o‘tkaziladigan Haj va umra bo‘yicha xalqaro konferensiyada qatnashadi
O‘zbekiston prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Madina shahrida Saudiya Arabistoni Haj va umra masalalari bo‘yicha vaziri Tavfiq ar-Rabi’a bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuvda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ta’lim, ma’naviy-ma’rifiy, diniy, muzeylar va boshqa jabhalardagi hamkorlik holati hamda istiqbollari muhokama qilindi. Saudiya Arabistoni Haj va umra masalalari bo‘yicha vaziri joriy yil avgust oyida prezident Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga tashrifidan so‘ng ikki tomonlama munosabatlar turli sohalarda yanada rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Tavfiq ar-Rabi’a O‘zbekiston prezidenti tashrifi davomida oliy darajadagi muzokaralar va imzolangan bitimlar o‘zaro hamkorlik ko‘lami yanada kengayishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Saudiya vakili 2023 yil 8-9 yanvar kunlari Jidda shahrida o‘tkaziladigan Haj va umra masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun O‘zbekiston delegatsiyasini taklif qildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif davomida Madina shahri Al-Aliya mintaqasidagi qadimiy «Axn» quduqlari majmuasiga tashrif buyurdi. Ushbu majmua sahoba Al-Avsiy Umayyad bin Zaydning xonadonida joylashgan va sayyohlar ziyorati uchun qurilish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025