Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Fransiya yashil energetika bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi
Parij shahrida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish asosiy omili sifatida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan o‘zbek-fransuz biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston hukumati istiqbolli qo‘shma loyihalar 50 foizini moliyalashtirishi, davlat korxonalarini chuqur xususiylashtirishga tayyorligi, eng muhim transport yo‘llari kesishmasida O‘zbekiston noyob geografik joylashuvi fonida G‘arb va Sharq, Shimol va Janub o‘rtasida qulay transport yo‘laklarini yaratadigan Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston va Mozori-Sharif – Kobul - Peshavor temiryo‘llarini qurishi istiqbollari forum ishtirokchilari qiziqishiga sabab bo‘ldi.
Qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda yashil energetika, avtomobilsozlik va butlovchi qismlar ishlab chiqarish, farmatsevtika sanoati va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish kabi ustuvor tarmoqlarda fransuz tadbirkorlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorlik bildirildi.
Biznes-forum davomida O‘zbekiston va Fransiya vazirliklari, idoralari, yetakchi kompaniyalari, xoldinglari va harakatlari rahbarlari o‘rtasida G2B hamda V2V uchrashuvlari tashkil etilib, unda ishtirokchilar qo‘shma korxonalar tashkil etish va o‘zaro manfaatli savdo bitimlarini tuzish moliyaviy-texnik jihatlarini batafsil ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025