Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa investitsiya banki Markaziy Osiyoda 1 mlrd yevroga yaqin loyihalarni tasdiqladi
Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti Tereza Chervinskaya «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» o‘zaro bog‘liqlik: «Global darvoza» mavzusidagi xalqaro konferensiyada nutq so‘zladi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
– Bugungi anjumanda Yevropa Ittifoqi davlat banki hisoblangan Yevropa investitsiya banki ishtiroki katta ahamiyatga ega, – dedi Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti Tereza Chervinskaya. – YeI banki Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyodagi hamkorlarimiz bilan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik maqsadlariga erishish ustida ishlamoqda.
Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi banki Markaziy Osiyo mintaqasida 2011 yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Hozirgi paytda Markaziy Osiyoda Yevropa investitsiya banki Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistonda o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Markaziy Osiyo mintaqasida Yevropa investitsiya banki 1 milliard yevroga yaqin tasdiqlangan loyihalar va allaqachon imzolangan 863 million yevrolik kreditlar bilan diversifikatsiyalangan va tez o‘sib borayotgan portfelni ishlab chiqdi.
«Bizning mablag‘imiz suv, energetika va qishloq xo‘jaligi sohasidagi ustuvor loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bizning operatsiyalarimiz iqlim o‘zgarishi va raqamli loyihalarga e’tibor qaratgan holda kichik biznes moliyalashtirilishi imkoniyatlarini yaxshilaydi, COVID-19 pandemiyasi ta’sirini yengishga yordam beradi», dedi Tereza Chervinskaya.
Mavzuga oid
13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda
16:42 / 24.05.2025
O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
15:03 / 01.05.2025
Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz davlatlari» sammiti qoldirildi
21:41 / 25.04.2025