Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston yetakchi aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish taklifini berdi
Ushbu masala O‘zbekistoning Hindistondagi elchisi Dilshod Ahadov va IndiGo aviakompaniyasi xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Rajan Malxotra o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida muhokama qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuvda hind tomoniga xorijiy aviakompaniyalarni mamlakat aviatsiya bozoriga jalb etish, ular uchun qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar-tadbirlar, taqdim etilgan imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.
Ikki mamlakat o‘rtasida qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi sayyohlik, iqtisodiy hamkorlik aloqalar ko‘lami yanada kengayishida muhim omil bo‘lib xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Muzokaralar navbatdagi bosqichini tashkil etish maqsadida IndiGo aviakompaniyasi mutaxassislaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
18:34 / 26.05.2025
O‘zbekistonda yana bir yangi aviakompaniya ish boshladi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025