Hindiston birinchi kosmik raketasini muvaffaqiyatli uchirdi
Hindiston 18 noyabr kuni o‘zining birinchi xususiy «Vikram-S» kosmik raketasini muvaffaqiyatli uchirdi va bu mamlakatning tijorat kosmik sanoatini qurish borasidagi sa’y-harakatlarida muhim bosqich bo‘ldi.

Foto: Reuters
Hindistonning Skyroot Aerospace kosmik startapi tomonidan ishlab chiqilgan 545 kg vaznga ega raketa Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkilotining (ISRO) Shrixarikota orolidagi kosmodromidan uchirildi va maksimal 89,5 km balandlikka ko‘tarildi.
Kompaniya-ishlab chiqaruvchi ma’lumotiga ko‘ra, raketa tovush tezligidan besh barobar ko‘p bo‘lgan Max 5 tezlikka ega va 83 kg vaznli foydali yukni 100 km balandlikka yetkaza oladi.
Skyroot Aerospace kelasi yili Vikram-S raketasi bilan sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Raketa Hindiston kosmik dasturining otasi hisoblangan fizik va astronom olim Vikram Sarabxay sharafiga nomlangan.
Hindiston hukumati arzon parvozlari va missiyalari bilan mashhur bo‘lgan davlat kosmik dasturini to‘ldirish uchun xususiy kosmik sanoatni rivojlantirishga intilmoqda.
2022 yil noyabr holatiga ko‘ra Skyroot Aerospace qariyb 64,5 mln dollar sarmoya to‘pladi va 200 ga yaqin kishini ish bilan ta’minladi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, birinchi parvozni ta’minlash uchun 100 ga yaqin xodim jalb qilingan.
Mavzuga oid

19:23 / 14.04.2025
Yetti yildan beri qidiruvda bo‘lgan hindistonlik milliarder Belgiyada hibsga olindi

21:17 / 10.04.2025
Apple Tramp tariflarini chetlab o‘tish uchun Hindistondan 1,5 million dona iPhone olib chiqadi

22:59 / 07.04.2025
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi

20:44 / 01.04.2025