Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Eronda inson huquqlari buzilishini tekshirish uchun missiya tuzadi
BMT Inson huquqlari kengashi Erondagi namoyishlar chog‘ida inson huquqlari buzilishi holatlarini tekshirish bo‘yicha xalqaro missiya tuzish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.
Hujjatni 47 delegatsiyadan 25 tasi ma’qulladi. Olti davlat, jumladan Armaniston, Xitoy va Kuba qarshi ovoz berdi, 16 davlat, jumladan O‘zbekiston betaraf qoldi.
Missiyaning vazifasi Eronda 2022 yil 16 sentabrda boshlangan norozilik namoyishlari bilan bog‘liq inson huquqlari buzilishi bo‘yicha mustaqil tekshiruv o‘tkazishdan iborat bo‘ladi.
Missiya 2023 yil yozida bo‘lib o‘tadigan Kengashning 53-sessiyasiga o‘z faoliyati to‘g‘risida og‘zaki ma’lumot taqdim etishi kerak.
Avvalroq Eronda namoyishlar chog‘ida qo‘lga olingan erkak va ayollar mahalliy qamoqxonalarda jinsiy zo‘ravonlik va qiynoqlarga uchragani xabar qilingan edi.
Qayd etilishicha, mahbuslarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik haqidagi xabarlarning aksariyati Eron g‘arbidan kelgan, bu yerda aholining asosiy qismini kurdlar tashkil qiladi. Ayni paytda CNN kamida 11 ta shunday holatdan xabardor. Ba’zi hollarda, qamoqxona rasmiylari namoyishchilarning oilalarini shantaj qilish uchun jinsiy zo‘ravonlik harakatlarini videotasvirga olishgan.
Erondagi ommaviy norozilik namoyishlari 16 sentabr kuni, 22 yoshli Mahsa Aminiy o‘limidan keyin boshlangan edi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u ro‘molni noto‘g‘ri o‘ragani uchun politsiya tomonidan ushlangan va so‘roq paytida yurak xurujidan vafot etgan. Biroq, ijtimoiy tarmoqlarda uning politsiya xodimlari tomonidan kaltaklanganidan keyin o‘lgani haqida xabarlar tarqalgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
10:48 / 22.05.2025