Jamiyat | 17:48 / 24.11.2022
17150
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Luvrdagi O‘zbekiston ko‘rgazmasini tomosha qilish uchun turnaqator navbat yuzaga keldi 

23 noyabrdan boshlab Parijdagi Luvr muzeyida «O‘zbekiston vohalari mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida» ko‘rgazmasi ochildi.

Ko‘rgazma Yevropa jamoatchiligi orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Shu kunlarda O‘zbekiston tarixi va madaniy hayoti aks etgan eksponatlarni ko‘rish uchun muzeyda katta navbat hosil bo‘lgan. 

Qayd etish kerakki, ko‘rgazma har kuni 20 ming sayyohni qabul qilmoqda. Bu esa O‘zbekistonni butun dunyoga tanitishda katta hissa qo‘shadi.

Ko‘rgazma Buyuk Ipak yo‘li tarixi haqida hikoya qiladi va ikki ming yildan ortiq vaqtni qamrab oladi. Ko‘rgazmadan 168 ta muzey eksponati, xususan, O‘zbekistonning 13 ta muzeyidan 137 ta, shuningdek, dunyoning yetakchi muzeylaridan 31 ta eng qimmatli eksponatlar taqdim etiladi, ularning aksariyati birinchi marta namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazma kelgusi yilning 6 martiga qadar davom etadi.

Mavzuga oid