Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston shaxmatchilari jahon chempionati finaliga chiqdi
Quddus shahrida shaxmat bo‘yicha milliy jamoalar o‘rtasida FIDe jahon chempionati davom etmoqda.
Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi
O‘zbekiston shaxmatchilari yarimfinalda Hindiston bilan bellashib, 2 ta raund (2:2 va 2,5:1,5) yakuniga ko‘ra g‘alaba qozonishdi.
Endi shaxmatchilarimiz 25 noyabr kuni finalda Xitoy milliy jamoasi bilan bellashadi.
Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy jamoasi sharafini GM Nodirbek Yoqubboyev, GM Javohir Sindarov, GM Jahongir Vohidov, GM Shamsiddin Vohidov, IM Abdimalik Abdisalimov va IM Ortiq Nigmatov himoya qilmoqda. Shaxmatchilarimizga niderlandiyalik Ivan Sokolov sardorlik va murabbiylik qilyapti.
Avvalroq, O‘zbekiston milliy jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida AQSh (2,5-1.5), Isroil (2,5-1,5) va Hindistonni (3,5-0,5) mag‘lub etib, Polsha (2:2) bilan durangga erishib, Ozarboyjonga (1,5-2,5) yutqazgan edi. Bu natijalar shaxmatchilarimizga guruhda birinchi o‘rin bilan chorakfinalga chiqish uchun yetarli bo‘ldi.
So‘ngra, O‘zbekiston shaxmatchilari chorakfinalda Ukraina bilan bellashib, 2 ta raund (3:1 va 2,5:1,5) yakuniga ko‘ra g‘alaba qozonishgan edi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025