Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Koreyadagi yangi vakili tayinlandi
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi ishchi guruhi Janubiy Koreyaga amaliy safari doirasida elchixona ko‘magi bilan Seul shahrida yoshlar bilan uchrashuvi uyushtirildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi raisi Nilufar Qiyomova O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosati ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanishi, mamlakatda yoshlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni taqdim etish borasida mustahkam huquqiy asos yaratilganini qayd etdi.
Uchrashuv davomida o‘zbekistonlik yoshlar taklifidan kelib chiqqan holda endigina ushbu mamlakatga kirib kelgan yoshlar yangi muhitga moslashishiga yordam berish maqsadida bepul koreys tili kurslarini tashkil etishga kelishib olindi. Kurslarga qiziqish bildirgan yoshlar ro‘yxatini shakllantirish jarayoni boshlandi.
Shu yerning o‘zida O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Koreyadagi yangi vakili tayinlandi. Unga Janubiy Koreyada ilmiy izlanish olib borayotgan Yelena Chuyanova tayinlandi. «Kelajak bunyodkori» medali va «Mehr-saxovat» ko‘krak nishoni sohibasi Yelena Chuyanova O‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
Bugungi kunda 20 ga yaqin mamlakatda assotsiatsiya vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yili may oyida elchixona tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Koreyadagi vakolatxonasi ushbu mamlakatda nodavlat-notijorat tashkiloti sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tdi.
Mavzuga oid
09:33 / 04.04.2025
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan rasman chetlatildi
10:29 / 24.03.2025
Janubiy Koreyada prezident vazifasini bajaruvchiga nisbatan impichment bekor qilindi
10:55 / 19.03.2025
Koreyaning Ulsan shahar meriyasi orqali O‘zbekiston fuqarolariga soddalashtirilgan tartibda mehnat vizalarini berish mexanizmlari joriy etiladi
15:44 / 05.02.2025