Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2022. Braziliya mundialni Serbiya ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshladi
Qatarda o‘tkazilayotgan jahon chempionatida 1-tur bahslari yakuniga yetdi.
Chempionlikka da’vogarlardan biri Braliziya Risharlisonning dubli evaziga Serbiyani mag‘lubiyatga uchratdi. Hujumchi birinchi golda darvozabondan qaytgan to‘pni ochiq darvozaga yo‘llagan bo‘lsa, ikkinchisida akrobatik zarbasi bilan supergol muallifiga aylandi.
Guruhning birinchi o‘yinida Shveytsariya Kamerundan minimal hisobda ustun kelgandi.
2-tur 28 noyabda bo‘lib o‘tadi — Braziliya Shveytsariya bilan o‘yinda pley-off yo‘llanmasi sohibini aniqlasa, Serbiya va Kamerun o‘zaro to‘qnash kelishadi.
JCh-2022. 1-tur. G guruhi
Braziliya — Serbiya 2:0
24 noyabr, «Lusayl»
Gollar: Risharlison (62, 73).
Braziliya – Alisson, Danilo, Silva, Markinos, Sandro, Kazemiro, Paketa (Fred, 75), Neymar (Antoni, 80), Risharlison (Jyezus, 79), Rafinya (Martinelli, 87), Vinisius (Rodrigo, 76).
Serbiya – Milinkovich-Savich, Velkovich, Milenkovich, Pavlovich, Mladenovich (Vlahovich, 66), Gudel (Ilich, 57), Milinkovich-Savich, Lukich (Lazovich, 66), Jivkovich (Radonich, 57), Tadich, Mitrovich (Maksimovich, 83).
Ogohlantirishlar: Pavlovich (7), Gudel (49), Lukich (64).
Mavzuga oid
02:08 / 03.12.2022
JCh-2022. Braziliya to‘plar nisbatiga ko‘ra guruhda 1-o‘rinni egalladi, Shveytsariya - pley-offga chiqqan so‘nggi jamoa
09:36 / 16.11.2021
Serbiya futbolchilari JCh yo‘llanmasi uchun berilgan 1 mln yevroni kasal bolalarga yordam beradigan fond hisobiga o‘tkazishdi
09:13 / 27.03.2019
O‘rtoqlik uchrashuvlari. Argentina Marokashni, Braziliya Chexiyani mag‘lub etdi
08:40 / 24.03.2019