Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy gvardiya hududiy ichki ishlar organlari ma’muriy binolarini qo‘riqlashni boshlaydi
2022-2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2023 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” e’lon qilindi.
Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vakolatli davlat organlari xodimlari ijtimoiy-huquqiy himoyasiga doir imtiyozlardan foydalanishida inson omilini cheklaydigan avtomatlashtirilgan tizimni joriy qilish rejalashtirilmoqda.
Bunda:
- Koreya Respublikasi tajribasini (Koreya milliy politsiya universiteti Ye-saram davlat elektron platformasi) o‘rgangan holda, xodimlar va ular oila a’zolarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish kafolatlaridan foydalanishi bo‘yicha E-jamoat xavfsizligi axborot tizimi “Ijtimoiy-huquqiy himoya” modulini yaratish;
- ijtimoiy-huquqiy himoya qilish kafolatlaridan foydalanish borasidagi barcha xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida E-jamoat xavfsizligi axborot tizimi “Ijtimoiy-huquqiy himoya” moduli orqali amalga oshirish;
- xodimlarga foydalanilmagan ta’tillar, olinmagan xizmat kiyimlari uchun pul kompensatsiyasi to‘lash, xodimlar hayotini uzoq muddatli sug‘urtalashiga doir soliq imtiyozidan foydalanishi tartibi nazarda tutiladi.
Hududiy ichki ishlar organlari ma’muriy binolarini qo‘riqlashni Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishi tizimini joriy etish ham mo‘ljallanmoqda.
Mavzuga oid
09:54 / 06.03.2025
Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
17:11 / 07.02.2025
Milliy gvardiyaga ma’muriy jazo chorasini qo‘llash vakolati berildi
12:29 / 25.01.2025
Milliy gvardiyaga o‘quvchilar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda
10:21 / 22.01.2025