Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Navoiy viloyatida ishga tushiriladigan yangi loyihalar haqida ma’lumot berdi
2023 yilda 140 million dollarlik kaliy sulfat, poliakril tola, quruq sianid tuzi chiqarish kabi loyihalar ishga tushadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida xalq deputatlari viloyat kengashi yig‘ilishi o‘tkazilmoqda, unda prezident nutq so‘zlamoqda.
«Odamlarimiz o‘zgarishlarni o‘z kundalik hayotida his qila boshladi. Birgina misol, Navoiyda oxirgi uch yilda 2 milliard dollarlik yirik sanoat loyihalari ishga tushdi. Buning natijasida 10 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi, yiliga qo‘shimcha 1 trillion so‘m soliq tushumi va 100 million dollar eksport paydo bo‘ldi. Yaqinda ishga tushgan «Balpan-tog‘» va «Tomdi-buloq» konlaridan yiliga 3 million tonnadan oltinga boy ma’dan qazib olinadi.
Shuningdek, mamlakatimiz faxri bo‘lgan «Navoiy kon metallurgiya kombinati»da «Turbay koni»ni kengaytirish bo‘yicha 130 million dollarlik loyihani ishga tushirish arafasida turibmiz, «Pistali koni»da oltinni qayta ishlash bo‘yicha 275 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda (60 foiz ish bajarilgan).
Karmanada 35 million dollarlik kaliy nitrat ishlab chiqarish loyihasi, Qiziltepada 10 million dollarlik qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasi hamda Tomdida 70 million dollarlik fosforit ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Kelgusi yilda 140 million dollarlik kaliy sulfat, poliakril tola, quruq sianid tuzi chiqarish kabi loyihalar ishga tushadi.
Dehqonlarimiz ham ulkan xirmon ko‘tarishdi. Agar har bir xonadon boy va baxtli bo‘lsa, mamlakat ham farovon bo‘ladi», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tashrif davomida prezident sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishishi, yangi loyihalarni ishga tushirish hamda xalq bilan muloqot rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda
18:28 / 01.05.2025
Navoiyda kichik samolyotlar ishlab chiqariladi
16:51 / 02.04.2025