Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda yong‘inni o‘chirishga chaqirilgan yong‘in-qutqaruv mashinasi YTHga uchradi
Yong‘in qutqaruv mashinasi Shahrisabz shahridagi chorrahalardan birida Cobalt bilan to‘qnashgan.
Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 25 noyabr kuni soat taxminan 18:25 larda Shahrisabz shahar FVBga shaharning Katta navqat ko‘chasida daraxt yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng 4-sonli yong‘in-qutqaruv bo‘limidan Isuzu rusumli yong‘in-qutqaruv mashinasi voqea joyiga jo‘nagan. Maxsus mashina harakatlanib borayotgan vaqtda Shahrisabz shahrining Ipak yo‘li va Tarag‘ay Bahodir ko‘chalari chorrahasida qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan Cobalt mashinasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda, Cobalt mashinasi haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025